«uzreport tv» tegli maqolalar


Senat majlisining jonli efiri 8 daqiqadan kam davom etdi
28 aprel 2022, 14:22

Senat majlisining jonli efiri 8 daqiqadan kam davom etdi

UzReport TV orqali Senat majlisi translyatsiyasi boshlanganidan qariyb 8 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Parlament yuqori palatasining YouTube-sahifasida jonli efir 2019 yil oktabridan beri birinchi marta namoyish etilmadi. Prezident farmoniga ko‘ra, 1 dekabrdan boshlab yig‘ilishlar MTRK kanallari va internet tarmog‘ida efirga uzatilishi kerak edi.

UzReport TV Beeline`ni sudda yutdi
29 iyun 2021, 15:49

UzReport TV Beeline`ni sudda yutdi

UzReport TV mualliflik va turdosh huquqlar buzilganligi da’vosi bo‘yicha Beeline`ni sudda yutdi. Sudning qaroriga ko‘ra, javobgarga Beeline TV mobil ilovasidan UzReport TV hamda Futbol TV telekanallarini olib tashlash, kelgusida ushbu telekanallarni UzReport TV axborot agentligi bilan shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslik majburiyatlari yuklandi.

UzReport TV Beeline ustidan sudga murojaat qildi
25 may 2021, 15:56

UzReport TV Beeline ustidan sudga murojaat qildi

UzReport TV o‘z mobil ilovasida telekanallarning qayta translyatsiyasi tufayli Unitel (Beeline) kompaniyasini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, unga qarshi sudga murojaat qildi. Beeline Uzbekistan ushbu ayblov bilan rozi emasligini va o‘z pozitsiyasini qonunlar doirasida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

Uzreport TV kanali tasvirchisiga qarshilik ko‘rsatilib, kamerasi sindirildi
15 yanvar 2021, 13:15

Uzreport TV kanali tasvirchisiga qarshilik ko‘rsatilib, kamerasi sindirildi

Uzreport TV kanali ko‘rsatuvi suratga olinayotgan vaqtda, ikki nafar shaxs tasvirchiga hujum qilib, kamerani sindirishganligi aytilmoqda. Chilonzor tumani sudining ish yuzasidan chiqargan qarorida ushbu holat qayd etilmay, tasvirchi va fuqarolar orasida janjal bo‘lib o‘tganligi aytilgan. Komil Allamjonov ushbu holatga munosabat bildirib, aybdorlar jazoga tortilishi shartligini ta’kidladi. «Qonun ustuvorligiga erishishimiz o‘z qo‘limizda», deydi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting